Rasman! “Bavariya” ikki o‘yinchiga javob berib yubordi

Bundesliga chempionligini qo‘ldan chiqargan “Bavariya” tarkibni tozalashni boshladi.

Myunxen klubi ikki futbolchisi – Erik Shupo-Moting va Buna Sarr bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi. Har ikki o‘yinchining shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Biroq klub avvaldan ular bilan xayrlashdi.

Shupo-Moting to‘rt mavsum davomida jami 122 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 38 ta gol yozdirib qo‘ydi. U “Bavariya” tarkibida uch marotaba Germaniya chempioni, mamlakat Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi  bo‘ldi.

Myunxenga 2020 yili kelgan Sarr esa, to‘rt mavsum davomida asosiy tarkibga kira olmadi. Bu muddat ichida u atigi 17 marotaba maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!