8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari boshlandi (fotogalereya)

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida  O‘zbekiston chempionati bahslari boshlandi. Unda 239 nafar ishtirokchi shaxmatning standart, rapid va blits yo‘nalishlarida o‘z mahoratini namoyish etadi.

Standart yo‘nalishidagi bahslar 29 fevralga qadar davom etadi. Shundan so‘ng, yosh shaxmatchilar rapid (1 mart) hamda blits (2 mart) yo‘nalishlarida kurashni davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!