Adesanya "UFC 301" ning asosiy jangida kim g‘olib bo‘lishini aytdi

  • 4 may, 21:01
  • 0
  • MMA

UFC ning o‘rta vazn toifasidagi sobiq etakchisi Israel Adesanya super engil vazn toifasidagi chempion Aleksandr Pantoja(27-5) va Stiv Ertseg(12-1) o‘rtasidagi bo‘lajak jang natijasini taxmin qildi.

 "To‘g‘risi, men Ertseg haqida ko‘p narsa bilmayman, hattoki, u avstraliyalik ekanligini ham bilmagan edim. Lekin aniqki, Pantoja bilan jang Stiv uchun nihoyatda qiyin bo‘ladi. Men Ertsegning g‘alaba qozonishini juda xohlayman, chunki bu amalga oshsa, ajoyib hikoya bo‘ladi. UFC dagi to‘rtinchi jangidayoq unga chempionlik uchun imkoniyat berilmoqda. Qoyil qolish kerak. Ammo Pantojani ham esdan chiqarmaylik.  U raqiblarni qanday to‘xtatishni biladi va u bilan jang qilish juda qiyin kechadi. O‘ylashimcha, bu bahsda Aleksandrning qo‘li baland keladi", - deya Israelning so‘zlarini keltiradi Bloody Elbow.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik va avstraliyalik 5 may kuni Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan "UFC 301"  turnirining asosiy to‘qnashuvida jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!