Farg‘onada O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Joriy yilning 16-18 aprel kunlari Farg‘ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik taqvim-rejasidan o‘rin olgan ushbu musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 nafarga yaqin polvonlar g‘oliblik uchun kurash tushishdi. 
Musobaqaning birinchi kuni dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Farg‘ona viloyati sport  boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi vakillari ishtirok etib, sportchilarga omad tilashdi. 
Musobaqa reglamentiga muvofiq, erkaklar belbog‘li kurashning belbog‘li kurash va erkin yo‘nalishida 9 ta vazn toifasida, ayollar esa belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishida 7 ta vaznda kuch sinashishdi. 
Murosasiz va qizg‘in tarzda o‘tgan ikki kunlik bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra quydagi polvonlar o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, chempionlikka erishdi. 
Erkaklar (belbog‘li kurash yo‘nalishi) 
52 kg. Umarali Akbaraliev (Toshkent v.), 57 kg. Jamoliddin Ne’matullaev (Namangan), 62 kg. Mardonbek Kimsanboev (Andijon), 68 kg. Oybek Sultonov (Andijon), 75 kg. Samandar Anvarov (Farg‘ona), 82 kg.Ilhom Mashrabov (Andijon), 90 kg. Kamoliddin Ro‘ziboev  (Andijon), 100 kg.  Nodirbek Ahatjonov (Toshkent v.), +100 kg. A’zamjon Anvarjonov (Andijon). 
Ayollar (erkin yo‘nalish) 
48 kg. Odina Tojiboeva (Farg‘ona), 52 kg. Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo), 58 kg Muslima Ahmedova (O‘zDJSTSU), 66 kg. Marvarid Shodmonalieva (Andijon), 70 kg. Zulayxo Zayniddinova (Namangan), 76 kg. Dilafro‘z Mamajonova (Namangan), +76 kg. Sahobat Sheralieva (Farg‘ona).
Erkaklar (erkin yo‘nalish) 
52 kg. Azizbek Kenjaev (Farg‘ona), 57kg. Abdulahad Nosirov (Namangan), 62 kg. Jumaboy Amirov (Toshkent sh.), 68 kg. Diyorbek Polvonboev (Farg‘ona), 75 kg. Murodjon Xamidov (Namangan), 82 kg. Parvozbek Kozimov (Andijon), 90 kg. Azamat Mo‘minov (Andijon), 100 kg. Obidali Mavlonov (Farg‘ona), +100 kg. Muhammad Tursunov (Andijon). 
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi. 
Ta’kidlash joiz, mazkur chempionatda kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar terma jamoaga jalb etiladi va joriy yilgi xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!