Mamlakatimizda belbog‘li kurash chempionat o‘tkazildi

Joriy yilning 27-29 sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanidagi sport maktabida 2003-2004 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda respublikamizning barcha hududlaridan 185 nafar yigit -qizlar ishtirok etishdi.
Dastlab, yuqori saviyada tashkil etilgan chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Farg‘ona viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov va boshqalar sportchilarni qutlab, ularga omad tilashdi.
Ikki davom etgan murosasiz bellashuvlarda quydagi sportchilar g‘oliblikka erishdi.
O‘g‘il bolalar (Belbog‘li kurash yo‘nalishi)
-57 kg. Jamoliddin Ne’matullaev (Namangan), -62 kg. Abdumalik Dilshodbekov (Andijon), -68 kg. Ilyosbek Yoqubjonov (Andijon), 75 kg. Samandar Anvarov (Farg‘ona), -82 kg. Bekzodbek Kamoliddinov (Andijon),-90 kg. Pahlavon Umaraliev (Farg‘ona),-100 kg. Oybekjon Muhammadov (Farg‘ona), +100 kg. Muhammad Vahobov (Toshkent v.).
Qizlar (Erkin yo‘nalish)
-48. Moxira Qaxxarova (Andijon), -52 kg. Gullola Imomnazarova (Andijon), -58 kg. Dildora Isroiljonova (Namangan), -66 kg. Oydinxon Otaqulova (Andijon), -76 kg. Lazzat Tulepbergenova (Qoraqalpog‘iston), +76 kg. Shirinoy Yo‘ldosheva (Namangan).
O‘g‘il bolalar (Erkin yo‘nalish)
-57 kg. Nodir Turg‘unpo‘latov (Namangan), -62 kg. Diyorbek Polvonboev (Farg‘ona),-68 kg. Fayozbek Abdug‘afforov (Farg‘ona),-75 kg. Doston Obidjonov (Namangan), -82 kg. Jahongir Nizomiddinov (Namangan), -90 kg. Mirzajon Mirzajonov (Namangan),-100 kg. Jamshidbek Ubaydullaev (Toshkent v.), +100 kg. Bahodir Mehmonov (Farg‘ona).
Bellashuvlar yakunlangach, g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

rp

pgshz

varfp

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!