Markaziy Osiyo ochiq chempionatida engil atletikachilarimiz birinchi bo‘lishdi

Toshkentda engil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 13 ta kumush va 12 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Yakunda 18 ta oltin, 28 ta kumush va 23 ta bronza medallarini jamg‘argan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi kun bahslarida yurtdoshimiz Elina Silyamieva bosqon uloqtirish sektorida 70.74 natija qayd etib, mamlakat rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Sharifa Davronova, Hasan Mirsoatov, Sanjar Ashurov, Nargiza Qo‘chqorova, Sabohat Samijonova va Nodir Norboev kabi atletlarimiz ham o‘z dasturlarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olishdi. 

Oltin medal:
Hasan Mirsoatov (5000 metr)
Elina Silyamieva (bosqon uloqtirish)
Sanjar Ashurov (200 metr)
Nargiza Qo‘chqorova (nayza uloqtirish)
Sabohat Samijonova (800 metr)
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Nodir Norboev (ko‘kurash)

Kumush medal:
Nodir Mutalipov (5000 metr)
Zarina Nosirjonova (bosqon uloqtirish)
Laylo Allaberganova (200 metr)
Mahliyo Tojalieva (nayza uloqtirish)
Namozbek Bobomurodov (800 metr)
Irina Levina (800 metr)
Ekaterina Tunguskova (10 000 metr)
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)
Safina Sadullaeva (balandlikka sakrash)
Mohigul Arzieva (ko‘pkurash)
Zahriddin Shokirov (ko‘pkurash)
4x400 metr aralash estafeta yugurish
Nurxon Ochilova (400 metr, to‘siqlar osha)

Bronza medal:
Otabek Toshquvatov (5000 metr)
Darya Matveenko (bosqon uloqtirish)
Ivan Denisov (uch hatlab sakrash)
Ekaterina Voronina (nayza uloqtirish)
Aliakbar Allanazarov (800 metr)
Shohsanam Xurramova (10 000 metr)
Roksana Xudoyorova (uch hatlab sakrash)
Aleksandra Sharkaeva (balandlikka sakrash)
Abdulloh Abduqahhorov (ko‘pkurash)
4x100 metr estafeta yugurish, ayollar
4x100 metr estafeta yugurish, erkaklar
Veronika Loginova (400 metr, to‘siqlar osha)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!