Modrich tarixiy shaxsga aylandi

Ispaniya chempionatining 34-turida “Real” futbolchilari o‘z maydonida “Kadis” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlik sari dadil qadam tashladi.

Bu bahs madridliklarning xorvatiyalik pleymeykeri Luka Modrich uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Modrich Ispaniya chempionatlari tarixida “Real” safida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Luka o‘yin kuni 38 yoshu 238 kunlik edi.

Avvalgi rekord mashhur futbolchi Ferents Pushkashga tegishli bo‘lgan. U 1965 yili Ispaniya chempionatida “Real” safida 38 yoshu 233 kunligida maydonga tushib, rekodchi bo‘lgandi.

Luka Modrichning shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Ungacha mohir yarim himoyachi yana bir necha uchrashuvda maydonga tushishi, hatto klub bilan hamkorlikni uzaytirib, kelasi mavsumni ham “Qirollik klubi”da o‘tkazishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
05/05/2024 01:13
Qoladi