Norvegiyaliklar nega norozi?

Norvegiyaning eng nufuzli Egebergs milliy mukofoti bilan sportchilar 1919 yildan beri taqdirlanadilar. Biroq bitta «lekini» bor: Egebergs mukofoti sovrindori «yosh avlod uchun namuna, ergashish uchun model» bo‘lishi lozim. Qanaqasiga yaqin orada doping diskvalifikatsiyasini o‘tagan sportchi namuna bo‘la oladi?

Aynan shu sababli norvegiyaliklar oxirgi 10 yil davomida zamonamizning eng yirik sport musobaqalarida, jumladan Olimpiya o‘yinlarida o‘ta muvaffaqiyatli chiqishlari bilan Norvegiyaning milliy iftixoriga aylangan Tereza Yoxaugni mukofotlashga qarshi chiqmoqdalar. Darhaqiqat, sportchi va, ehtimol, federatsiyadan tashqari, firibgarlikka aralashgan soxta «g‘alabalar» kimga kerak?

Norvegiyaliklarning fikricha, bunday sportchini qo‘llab-quvvatlab ko‘klarga ko‘tarish go‘yo uning yolg‘oniga sherik bo‘lishga rozilik bildirib boshqa sportchilarni ham xuddi shu qing‘ir yo‘lni tanlashga undash bilan baravardir. 

Manba: O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!