Og‘ir atletika. Bugun Adhamjon Ergashev va Jamila Panfilovaga muxlislik qilamiz!

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, bugun erkaklar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida hamyurtimiz Adhamjon Ergashev hamda ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida Jamila Panfilova g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Adhamjon Ergashevning ishtiroki Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da, Jamila Panfilova qatnashadigan bahslar esa 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!