O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Londonda Angliyaning kriket fondi rahbarlari blan uchrashdi

Kriket sport turini mamlakatimizda keng ko‘lamda rivojlantirish uchun O‘zbekiston kriket federatsiyasi tomonidan izchil islohotlar olib borilmoqda.


Kriket rivojlanangan davlatlar bilan xalqaro hamkorlik ishlariga esa federatsiya raisi Aziz Mixliev tomonidan alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib turgan kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev boshchiligida federatsiya bosh kotibi Fazliddin Ibodullaev hamda O‘zbekiston (U-19) milliy kriket jamoasi sardori Alisher G‘aybullaevlar kecha 19 yanvar kuni London shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasiga tashrif buyurishdi.

Federatsiya vakillari O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadigi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmanov va konsul Baxtiyor Xodjaevlar bilan birgalikda Angliyaning "Bat for a chance" beg‘araz kriket fondi rahbarlari Villiam Gaffney va Omar Khan, Evropa va Osiyo mamlakatlari bo‘yicha iqtisodiy-siyosiy masalalarda maslahat beruvchi "Belgrave Europe" kompaniya raisi, janob Fred Harrison va Iqtisod va turizmni rivojlantirish bo‘yicha konsultant va yozuvchi Sofiy Ibbotsonlar bilan O‘zbekistonda Kriket sportini rivojlantirish masalalarida davra suhbatini o‘tkazishdi.

Quvonarlisi, uchrashuv doirasida kriket sport turini mamlakatimizda keng rivojlantirish borasida qator kelishuvlarga erishildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!