O‘zbekistonlik qilichboz uch nafar italiyaliklar tomonidan zo‘rlandimi? Qilichbozlik federatsiyasi munosabat bildirdi

Italiya nashrlarida o‘zbekistonlik 17 yoshli sportchi uch nafar italiyaliklar tomonidan zo‘rlangani haqida xabar tarqaldi

Xabarda yozilishicha, voqea 2023 yil, 4 dan 5 avgustga o‘tar kechasi, Italiyaning Siena provinsiyasida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik sportchi musobaqadan keyin Kyanchano-Terme kommunasidagi tungi klublardan biriga borgan. Tekshiruvlarda uning qonidan giyohvand modda va alkogol topilgan. Qiz u erda o‘zini yo‘qotgan va keyinchalik nimalar bo‘lganini eslay olmagan, ertalab uyg‘onganida ko‘zlari ko‘karganini payqagan va yonida «jinsiy hazillar» qilayotgan uch nafar yalang‘och yigit borligini ko‘rgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda zo‘ravonlikda ayblangan ikki nafar bola so‘roq qilinmoqda. Bir nafari esa voyaga etmagani uchun tergovga jalb qilinmagan.

Ushbu xabardan so‘ng, GoSport jurnalistik surishtiruv o‘tkazishga qaror qildi. Qilichbozlik federatsiyasiga yaqin manbalariga ko‘ra, avgust oyida o‘zbekistonlik sportchilar Italiyadagi hech qanday musobaqalarda ishtirok etmagan. Avgust oyi boshlarida esa Chengduda 2023 yilgi yozgi universiada musobaqalari o‘tkazilgan va aksariyat qilichbozlarimiz Xitoyda bo‘lishgan.

Xabarda o‘zbekistonlik sportchining advokatlari ham chet ellik ekanini, zo‘rlangandan keyin uni o‘z onasi shifokor ko‘rigiga olib borgani haqida gaplarni o‘qiganimizdan so‘ng, O‘zbekiston terma jamoasi tomonidan mahalliylashtirilgan biror sportchi emasmikan degan maqsadda surishtirdik. O‘zbekistonda ikki nafar sportchi mahalliylashtirilgan mashhur qilichbozlar bor: Paulo Pliego va uning onasi bir singlisi Luiza Fernanda Errera. Erreraning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini kuzatganimizda savolga javob topgandek bo‘ldik.

Errera iyul-avgust oylarida ko‘p vaqtini Italiyada o‘tkazishi uning 2022-2023 yillarda tushgan suratlarini sahifasiga joylashtirganidan ham bilsa bo‘ladi. Ko‘p ehtimol bilan voqeilik qahramoni o‘zbek qizi emas, aynan mahalliylashtirilgan Errera bo‘lishi mumkin.

Surishtiruv davom etayotgan vaqtda Qilichbozlik federatsiyasi xabarni inkor etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998 94 414 2885
05/03/2024 20:58
jhftf