Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi! (Foto)

Shvetsiyaning Malmo shahrida shaxmat bo‘yicha "TePe Sigeman" turniri o‘z yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi. 

Nodirbek tay-brekda Piter Svidler va Arjun Erigaisi kabi grossmeysterlarni mag‘lub etdi. Ma’lumot o‘rnida, Abdusattorov ayni vaqt FIDE reytingida 5-pog‘onani band etib turibdi. 

Vakilimizni ushbu g‘alaba bilan muborakbod etib, bu kabi muvaffaqiyatlar davomiy bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!