Stol tennisi. Ayollar terma jamoamiz jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 6 sentabr, 2023, 21:29
  • 0
  • Tennis

Janubiy Koreyaning Pxonchxan shahrida 3 sentyabrdan start olgan stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida ayni damga kelib, jamoaviy yo‘nalishda kuchlilar saralandi.

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasining ma’lum qilishicha, musabaqada ayollar terma jamoamiz kuchli o‘nlikdan joy olib, kelasi yil ushbu mamlakatning Pusan shahrida o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Erkaklar jamoamiz esa chempionatni 15-o‘rinda yakunladi.

Ertaga hamyurtlarimiz yakkalik va juftlik bahslaridagi ishtiroki bilan musobaqani davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, musabaqa litsenzion harakterga ega bo‘lib, unda erkaklar va ayollar o‘rtasida jamoaviy, shuningdek, aralash-juftlik dasturida g‘alaba qozongan davlatlar Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Terma jamoamiz mazkur turnirda quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda.

Erkaklar:

Zohid Kenjaev
Abdulaziz Anorboev
Qutbillo Teshaboev
Shohruh Iskandarov

Ayollar:

Rozalina Xodjaeva
Rimma Molakanova
Mehriniso Norqulova
Marhabo Magdieva.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa 10 sentyabrgacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!