Tennis. Belgiyada 8 million evrodan ortiq mablag‘ tikilgan 375 ta kelishilgan o‘yin yuzasidan sud boshlandi!

  • 18 mart, 2023, 14:34
  • 0
  • Tennis

Belgiyaning Audenarde shahrida kelishilgan o‘yinlar bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda De Standaard nashriga tayanib Sports.ru sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 28 kishi, jumladan, bir nechta belgiyalik tennischilar tergov ostida. Ular firibgarlik, pul yuvish va jinoiy tashkilot tuzishda ayblanmoqda.

De Standaard ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Belgiyada uzoq vaqt yashagan armanistonlik fuqarolar – Y.Artur va X.Lendrush Bryussel qimor o‘yinlari komissiyasiga murojaat qilishgan. Aytish kerakki, ular bundan bir necha kun oldin Armanistondagi tennis musobaqasiga 5 000 evrodan ozroq pul tikishgan va 13 000 evro yutishgan. Ammo bukmekerlik kompaniyasi menejeri buni shubhali deb hisoblagan va ularning pullarini muzlatib qo‘ygan. Keyinchalik Artur va Lendrushning shikoyati esa katta tergov boshlanishiga sabab bo‘ldi, chunki ular kichik o‘yin uchun katta miqdorda pul tikishgan.

Belgiya nashrining yozishicha, tergov 182 nafar tennischidan iborat xalqaro tarmoqni nazorat qilgan arman to‘dasining rahbari hisoblangan S.Gregoriga kelgan. Dunyoning sobiq 113-raketkasi Artur de Grief ham ushbu guruh a’zosi bo‘lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda. Ammo u bu borada o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni rad etgan. 2021 yilning may oyida esa ushbu voqealar sabab noma’lum muddatga diskvalifikatsiya qilingan.

Misrlik tennischining aytishicha, 2017 yilning may oyida Grigoriy unga maxsus sxema orqali 4000 evro o‘tkazib bergan. Xuddi shunday guvohliklarni Bolgariya va Slovakiya tennischilari ham berishdi.

Federal prokurorlarga ko‘ra, kamida 375 ta kelishilgan o‘yin sodir bo‘lgan. To‘lovlar uchun jinoyatchilar bukmekerlik kompaniyalaridagi 1671 hisobdan foydalangan. 2016 yilning iyunidan 2018 yilning martigacha onlayn to‘lovlar uchun maxsus hisob raqamiga jami 8,2 million evrodan ortiq mablag‘ kelib tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!