"US Open". Bugun erkaklar o‘rtasida g‘olib aniqlanadi

  • 10 sentabr, 2023, 20:02
  • 0
  • Tennis

Amerika Qo‘shma Shtatlarida tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" tasnifidagi yirik turnirlardan biri "US Open" yakuniy pallasiga kelmoqda.

Erkaklar o‘rtasida finalga Daniil Medvedev hamda Novak Jokovich etib kelishdi.

Daniil yarim finalda reytingning 1-pog‘onasida kelayotgan Karlos Alkarasni mag‘lub etdi - 7:6 (tay-brek), 6:1, 3:6, 6:3.

Novak esa, Ben Sheltondan ustun keldi - 6:3, 6:2, 7:6.

Tomonlar o‘zaro o‘yinlarda 9:5 hisobini qayd etmoqda, bu borada Jokovich oldinda. "Katta dubulg‘a" finallarida - 1:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!