Xanchjou-2022: Para kanoechilarimiz debyut Para Osiyo o‘yinlarida tengsiz bo‘lishdi

Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida para kane musobqalari yakunlandi. E’tiborlisi, ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston para kanoe terma jamoasining barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi. 100 foizlik natija qayd etgan terma jamoamiz para kanoe dasturida 1-o‘rinni egalladi va delegatsiyamiz hisobiga 6 ta oltin medalni taqdim etdi.

Para kanoe sport turi bo‘yicha ko‘rsatilgan mazkur natija Xitoy hamda Eron mamlakatlarini ortda qoldirib Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egallashga zamin yaratdi.

medal

Para kanoe bo‘yicha Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘oliblari:

1.Shahzoda Mamadalieva
2.Iroda Rustamova
3.Azizbek Abdulhabibov
4.Hasan Qo‘ldashev
5.Shaxnoza Mirzaeva
6.Haytmurod Sherqo‘ziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Utabayev Baxtiyor
24/10/2023 14:31
Raxmat barchangizga sog'lom insonlarning ko'pchiligida bunday shijoat bo'lmaydi.