O‘ZDJTSUda kurash bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi

Joriy yilning 25 aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida  Xalqaro kurash instituti, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda kurash sport turining xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan "Kurash sportining nazariy-amaliy muammolari"  mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. 


Kurash murabbiyligi bo‘yicha 3 oylik onlayn kurs doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan ushbu ilmiy-amaliy anjumanda universitet prorektorlari, universitetga xorijdan jalb etilgan professorlar, xalqaro kurash instituti, xalqaro kurash assotsiatsiyasi vakillari, kafedra mudirlari, universitetining milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalar, shuningdek, 15 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan 30 nafar kurash bo‘yicha xorijiy mutaxassislar,  hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Anjumanda mutaxassislar jismoniy tarbiya va kurash sport turi sohasida o‘zaro tajriba almashish, xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ilmiy va amaliy yutuqlar va muammolar bilan o‘zaro o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida hakamlik qonun-qoidalari bo‘yicha tashkil etilgan amaliy mashg‘ulot jarayonlarida ham ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida universitetning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan yuqori saviyadagi kurash bo‘yicha universitet birinchiligi tashkil etildi va ushbu birinchilikda xorijlik kurash mutaxassislari hakamlik qilishdi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!