Bekzod Abdurahmonov ham o‘z nomini Olimpiada qatnashchilari orasiga qo‘shib qo‘ydi

Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov yana bir Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz Qirg‘izistonda o‘tayotgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 Olimpiadasining qatnashchilari orasidan joy oldi.

Bu bilan Abdurahmonov faoliyatida uchinchi bor 4-yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma olmoqda.

Manba: MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!