"Benfika" akademiyasi so‘nggi 10 yillikda barcha klublar orasida eng ko‘p daromad keltirgan.

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, 15 yoshdan 21 yoshgacha akademiyada kamida uch mavsum o‘tkazgan futbolchilarni sotish natijasida Portugaliya grandi so‘nggi 10 yilda 516 million evro daromad ko‘rgan. Bu esa eng yaxshi natija hisoblanadi.

Bu borada kuchli o‘nlik quyidagicha:

  1. “Benfika” – 516 million evro
  2. “Ayaks” – 376 mln
  3. “Lion” – 370 mln
  4. “Real” Madrid – 364 mln
  5. “Chelsi” – 347 mln
  6. “Monako” – 325 mln
  7. “Sporting” – 306 mln
  8. “Tottenxem” – 256 mln
  9. “Manchester Siti” – 254 mln
  10. “Atalanta” – 250 mln

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!