"Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi "Oltin to‘p"ning yangi egasi kim bo‘lishini aytdi

"Barselona" va "Bunyodkor"ning sobiq yarim himoyachisi Rivaldo "Real" vingeri Vinisius Juniorning o‘yiniga yuqori baho berdi.

"Vini "Real" va "Bavariya" o‘rtasidagi Chempionlar ligasining birinchi yarim finalida ikkita gol urdi va mening hamyurtim bugungi kunda Evropaning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri.

U butun mavsum davomida jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo‘ldi. Jamoa uning o‘yin uslubiga moslashdi va agar "Real" Chempionlar Ligasida g‘olib chiqsa, aynan u "Oltin to‘p" uchun munosib da’vogarga aylanadi.

U allaqachon dunyoning eng yaxshi uchta futbolchisidan biri, garchi u hali hech narsa yutmagan bo‘lsa ham. Agar “Real” “Bavariya”ni mag‘lub etib, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonsa, Vini mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatga ega”, — dedi braziliyalik futbol yulduzi.

Joriy mavsumda Vinisius 34 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Vinisius "Real"ga 2018 yilning iyulida 45 million evro evaziga "Flamengo"dan kelib qo‘shilgandi. Futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchini 150 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бобурни Парпиев
04/05/2024 10:31
Финалдан кегин пресс конференция булдими Катара