Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida voleybol bo‘yicha 14 yoshgacha va undan kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 6 fevraldan start olgan mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri barcha viloyatlar 200 nafar sportchi-o‘quvchilar 14 ta jamoa bo‘lib, chempionlik kurash olib bormoqda.

O‘zDJTSU manejida ushbu chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Ochilish marosimida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziev, O‘zDJTSU birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, Chirchiq shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan Bekmurod Badalov, Toshkent viloyati voleybol federatsiyasi ijrochi direktori Davron Xalikovlar ishtirok etishdi. Marosimda so‘z olganlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish va ommaviylikni oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlab, jamoalarga omad tilashdi. Shundan so‘ng musobaqaga start berildi.

photo_2024-02-06_22-19-38photo_2024-02-06_22-32-31

Ayni paytda 14 ta jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan holda kuch sinashishmoqda. Musobaqa 12 fevralga qadar davom etadi va g‘olib jamoa joriy yilning 16-20 aprel kunlari Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkaziladigan Hamdo‘stlik kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

photo_2024-02-06_22-22-46photo_2024-02-06_22-22-50

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!