Devis kubogi: O‘zbekiston terma jamoasining Polshaga qarshi tarkibi e’lon qilindi

2-4 fevral kunlari tennis bo‘yicha Devis kubogining jahon miqyosidagi birinchi pley-off bosqichi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi 2-3 fevral kunlari Toshkentda Polshaga qarshi bahs olib boradi.

Ahamiyatlisi, bellashuvlar “Humo arena” majmuasida o‘tkaziladi. O‘zbekiston tennis federatsiyasining ma’lum qilishicha, unda Denis Istomin ham ishtirok etadi. Polsha terma jamoasi tarkibida esa ayni paytda jahon tasnif jadvalida 9-pog‘onani egallab turgan Xubert Xurkach kabi nomdor sportchilarni uchratish mumkin. Jamoalar quyidagi tennischilarni ro‘yxatdan o‘tkazgan:

O‘zbekiston: Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Maksim Shin, Amir Milushev.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!