Faoliyatini yakunlash arafasida turgan Federer orzusi nimaligini aytdi

  • 21 sentabr, 2022, 16:33
  • 0
  • Tennis

"Katta dubulg‘a"ning 20 karra chempioni Rojer Federer Leyver kubogidan qanday tartibda ishtirok etishini aytdi. Shveytsariyalik tennischi hafta oxirida faoliyatidagi so‘nggi turnirda ishtirok etadi.

"Balki Rafa (Nadal) bilan yana bir o‘yin tashkil etish amalga oshar...Agar shunday bo‘lsa, orzuim ro‘yobga chiqqan bo‘lardi”, - dedi Federer.

Qayd etilishicha, Federer tizzasidagi muammolar tufayli yakkalik bahslarida qatnasha olmaydi, shuning uchun u kortga faqat juftlikda chiqadi. Juma kuni bo‘lib o‘tadigan juftlik o‘yini uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” rahbariyati yangilangan “Santyago Bernabeu”da Federer va Nadal o‘rtasida uchrashuv tashkil etishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!