G‘ulomjon Abdullaev ikkinchi bor Olimpiada ishtirokchisiga aylandi

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi delegatsiyamizga Parij-2024 Olimpiadasining navbatdagi yo‘llanmasini taqdim qildi. Qirg‘izistonda o‘tayotgan litsenzion musobaqada erkin kurashchimiz G‘ulomjon Abdullaev -57 kg vazn toifasining finaliga etib keldi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu natija yurtdoshimizga ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini taqdim qildi.

Manba: MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!