Hasan Baratov super jangda ishtirok etadi!

13 aprel kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC Fair Fight turniri tashkil etiladi. O‘ziga xos Gran Prida o‘zbekistonlik Hasanxon Baratov ham ringga ko‘tariladi.

Og‘ir vazn toifasidagi hamyurtimizga rossiyalik Dmitriy Vasenov raqiblik qiladi. K-1 yo‘nalishida o‘tadigan ushbu qarama-qarshilik qiziqarli o‘tishi shubhasiz! Chunki, Hasanxon Baratov kikboksing, K-1 yo‘nalishida ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi, professional janglar borasida yuqori tajribaga ega sanaladi. Uning raqibi esa, kikyuoksing va muaytay bo‘yicha Rossiya chempioni, MDH o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi. Xullas, ajoyib jang! Ushbu muhim jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!