Jahonning eng kuchli jiu-jitsu ustalari Parijda jam bo‘lishadi!

18 may kuni Frantsiyaning Parij shahrida ADXC 4 (Abu Dhabi Extreme Championship) turniri tashkil etiladi. Abu Dhabi Extreme Championship ligasi jiu-jitsu va greppling bo‘yicha professional jang kechalari tashkil etadi.

Hozirga kelib, BAA va Braziliyada mazkur turnirlar ajoyib tarzda tashkil etildi. Navbatdagisi Evropada Frantsiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadi. 18 may kuni jahonning eng kuchli jiu-jitsuchilari aynan Parij shahrida jam bo‘lishadi. Odatda, ushbu bahslar oktagonda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!