Nigina Abduraimova Australian Open'dagi ishtirokini yakunladi

Nigina Abduraimova tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionati (Australian Open)dagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz saralash bosqichining ikkinchi davrasida chexiyalik Dominika Shalkovaga imkoniyatni boy berdi.

1 soat 20 daqiqa davom etgan o‘yin Shalkovaning 7:5, 6:4 hisoblaridagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bosqichgacha etib borgani uchun Abduraimova 20 reyting ochkosi va taxminan 29 645 AQSh dollariga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!