Og‘ir atletika. O‘zbekiston Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi

Musobaqa sarhisobiga bag‘ishlangan marosimda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) prezidenti Muhammad Jalud, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Sport vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi.

3-10 fevral kunlari o‘tgan qit’a birinchiligida Osiyoning eng kuchli jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Yakunda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari jami 8 ta oltin, 12 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Shulardan 7 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza yigitlarimiz ulushiga to‘g‘ri kelsa, qizlarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishgan. Quyida ochkolar va medallar bo‘yicha kuchli uchlikka kirgan jamoalarni ko‘rsatib o‘tamiz:

Umumiy ochkolar klassifikatsiyasi:
1. O‘zbekiston
2. Janubiy Koreya
3. Xitoy Taipeyi

Ochkolar bo‘yicha erkaklar jamoalari:
1. O‘zbekiston
2. Janubiy Koreya
3. Xitoy Taipeyi

Ochkolar bo‘yicha ayollar jamoalari:
1. Janubiy Koreya
2. O‘zbekiston
3. Xitoy Taipeyi

Umumiy medallar bo‘yicha:
1. KXDR – 32 ta oltin, 1 ta kumush
2. Janubiy Koreya – 12 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza
3. O‘zbekiston – 8 ta oltin, 12 ta kumush, 5 ta bronza

Medallar bo‘yicha erkaklar terma jamoalari:
1. KXDR – 11 ta oltin, 1 ta kumush
2. O‘zbekiston – 7 ta oltin, 7 ta kumush, 1 ta bronza
3. Janubiy Koreya – 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Medallar bo‘yicha ayollar terma jamoalari:
1. KXDR – 21 ta oltin
2. Janubiy Koreya – 8 ta oltin, 4 ta kumush, 8 ta bronza
3. O‘zbekiston – 1 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza

Osiyo rekordlari: 9 ta;
Jahon rekordlari: 8 ta.

Eng yaxshi erkak sportchi: Ervin Rahmat (Indoneziya)
Eng yaxshi ayol sportchi: Song Gum Ri (KXDR)

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
11/02/2024 16:50
Гап йук. Хозиргина футбол буйича булган Осиё чемпионатини статистикаси эълон килинганда Узбекистон бирор бир жабхада узини курсата олмаган эди. Огир атлетикада эса натижамиз ажойиб экан.