Og‘ir atletika. Rigina Adashbaeva ham terma jamoamiz hisobiga 3 ta medal keltirdi

Og‘ir atletika bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul o‘tmoqda. Hozirgina yakunlangan ayollar o‘rtasidagi -81 kg vazn toifasidagi bahslarda hamyurtimiz Rigina Adashbaeva 3 ta kumush medalni naqd qildi.

Atletimiz dast ko‘tarishda 107 kg, siltab ko‘tarishda 136 kg va ikki kurash natijasiga ko‘ra 243 kg toshni o‘ziga bo‘y sundirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, bugungi bahslardan so‘ng jamoamiz hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronzaga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!