O‘zbekiston AQSh va Rossiyani ortda qoldirdi

Joriy yilning 4-5-may kunlari Toshkent shahrida ashixara-karate sport turi bo‘yicha Osiyo Ochiq chempionati o‘tkazildi.

Ashixara karate xalqaro tashkilotining rasmiy vakili Kay Kan Shixan Dai Ueno Xiroshi ochilish marosimini tabrik so‘zlari bilan ochib berdi.

Chempionatda Osiyo va Evropaning 12 davlatidan 500 nafar sportchilar bellashishdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida: Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari vakillari ishtirok etdi.

Chempionat natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin O‘zbekiston
2-o‘rin Rossiya 
3-o‘rin Qozog‘iston 
4-o‘rin AQSh  jamoalariga nasib etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!