O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo Taekvondo Ittifoqining Bosh Assambleyasida ishtirok etdi

Kecha Vetnamning Da-Nang shahrida Osiyo Taekvondo Ittifoqining Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan O‘zbekiston taekvondo assosiatsiyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev ishtirok etdi.

Assambleyada tashkilot tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xisobotlar tinglandi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Bundan tashqari 2024 yilda qit’amizda tashkil etiladigan nufuzli musobaqalar ro‘yxati shakllantirildi. Jumladan, tadbirda joriy yilda o‘tkaziladigan 6-Armiya o‘yinlarining mezboni aniqlandi. Unga ko‘ra, musobaqa 15-20-oktyabr kunlari Indoneziyaning Tangerang shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Assambleya davomida 2025 yilgi kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga Malayziya davlati mezbonlik qilishi e’lon qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!