O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Jahon kubogida medallar jamlanmasi bo‘yicha kuchli to‘rtlikdan joy oldi!

Tailandning Pxuket shahri mezbonlik qilgan Jahon kubogi o‘z nihoyasiga etdi. Parij Olimpiadasi yo‘lidagi ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning 110 davlatidan 500 nafarga yaqin eng sara polvonlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

12 kun davom etgan murosasiz bahslar davomida erkaklar o‘rtasida 12 ta, ayollar o‘rtasida esa 9 ta jahon rekordi yangilandi.

Musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza, jami 4 ta medal qo‘lga kiritgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi medallar jamlanmasi bo‘yicha KXDR, Xitoy va Armanistondan so‘ng 4-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, Tailanddagi Jahon kubogida ishtirok etgan sportchilar Parij Olimpiadasi litsenziyasini qo‘lga kiritish uchun muhim reyting ochkolarini ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!