Para engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida rekord darajada sportchi ishtirok etmoqda

Kecha Angren shahrida joylashgan “Yangiobod” sport bazasida para engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Ta’kidlash kerakki, bu galgi mamlakat birinchiligiga qiziqish har qachongidan ham yuqori. Musobaqada rekord darajada - 580 nafar sportchi ishtirok etayotgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mamlakat birinchiligida jami 600 nafarga yaqin turli hildagi nogironligi mavjud sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

"Ushbu musobaqa 2026 yil Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahri mezbonlik qiladigan navbatdagi Para Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilarni saralab olish, shuningdek O‘zbekiston milliy terma jamoasining zahira tarkibiga iqtidorlarli sportchilarni jalb qilishdan iborat. Musobaqalarda Paralimpiya va Para Osiyo o‘yinlari g‘oliblari, jahon chempionlarining ishtirok etayotgani yosh sportchilarga katta motivatsiya bermoqda", - dedi O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Sportni rivojlantirish departamenti direktori Nazirjon Xudayqulov. 

Musobaqaning dastlabki kungi bahslarida sportchilar nayza, disk va yadro uloqtirish, shuningdek yugurish va balandlikka sakrash dasturlarida qatnashishdi. Bugun yana bir nechta dasturlarda bellashuvlar o‘tkazilishi belgilangan.

Sports.uz muxbiri Baxtiyor Toshtemirov suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!