PSJ Mbappedan keyin yana 4 o‘yinchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

Kilian Mbappeni ushlab qola olmagan PSJ rahbariyati tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qiladigan bo‘ldi.

Mutasaddilar yangi transferlarni amalga oshirishdan oldin, murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarni sotuvga qo‘yishga qaror qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, yozda to‘rt futbolchi boshqa jamoaga o‘tishi kerak.

O‘tgan yoz kelgan Milan Shkrinyar bosh murabbiy Luis Enrike o‘yin uslubiga tushmadi. U ko‘p jarohat olyapti. Shunga qaramay, eng katta maosh (yiliga 11 million evro) to‘lanayotgan o‘yinchilardan hisoblanadi.

Parijliklar iqtidorli himoyachi Nordi Mukieleni “Bavariya” yoki “Chelsi” olib ketishini kutyapti. Yanvarda bu ikki klubdan taklif bo‘lgandi.

PSJ Karlos Solerani “Aston Villa”ga jo‘natmoqchi. Ispan futbolchisi ilgani Unai Emeri qo‘l ostida to‘p tepgan.

Ketishi kerak bo‘lganlardan yana biri – Ugarteni “Milan” va “Yuventus”ga joylash bo‘yicha ish olib berilishi rejalashtirilgan.

Parijliklar bu transferlardan keladigan 150-170 million evro miqdoridagi mablag‘ni yangi o‘yinchilar olishga yo‘naltiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!