Tennischimiz bosh sovrinni Farg‘onada olib qoldi

  • 4 sentabr, 2023, 20:13
  • 0
  • Tennis

Farg‘ona shahrida tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tasnifiga kiruvchi xalqaro turnir yakunlandi.

2019 yildan beri muntazam o‘tkazib kelinayotgan musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida hamyurtimiz Amir Milushev g‘olib chiqdi.

Musobaqa davomida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Amir hal qiluvchi final bahida qozog‘istonlik Vitaliy Zatsepinga qarshi kortga chiqdi. 

Birinchi setda raqibiga 4:6 hisobida imkoniyatni boy bergan Milushev qolgan ikki setda 6:2, 6:3 hisobida ustunlik qildi.

Ta’kidlash joizki, Amir Milushev o‘tgan yili ham ushbu turnir finalida o‘ynagan edi. O‘shanda hamyurtimiz o‘zidan  tajribaliroq bo‘lgan Janubiy Koreya vakili Uxyok Changa imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Amir Malushev musobaqadagi g‘alabali odimlarini juftlik bellashuvlarida ham davom ettirdi.

Qozog‘iston vakili Ilyos Maratuli bilan duet tashkil qilgan hamyurtimiz finalda Isroil vakillari Saymon Levi va Eyal Shumilovga to‘qnash keldi.

Keskin kurashlar ostida o‘tgan final bellashuvini 6:4, 6:7, 10:6 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan o‘zbek-qozoq tandemi musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!