Voleybol. Erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi yakunlandi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing (foto)

Sportning voleybol turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi "O‘zbekiston kubogi-2023" musobaqasi yuqori kayfiyatda yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

vole

Ushbu musobaqada o‘tgan yili 8 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda 22 ta jamoa O‘zbekiston kubogi uchun bor mahorat va iste’dodi bilan kurashdi. Eng quvonarlisi esa bahslarda 4 ta huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ham terma jamoalari borligidir. Bu esa yurtimizda voleybol sport turining yanada ommalashayotganining isbotidir.

voley_1

Yakuniy natijalar quyidagicha:
1-o‘rin. "UzTelekom" voleybol klubi.
2-o‘rin. "Road Patrul" voleybol klubi.
3-o‘rin. "Buvayda tadbirkor" voleybol klubi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!