Retrosport. Afsonaviy “nemis mashinasi”

CHERY AUTO

Bu nom tezlik so‘zi bilan sinonimga aylanib ketgan. Siz ushbu shaxsni ko‘rmagan, faoliyati haqida bilmagan taqdiringizda ham uning nomini eshitasiz va beixtiyor ishlatasiz. Eng ko‘p podiumlar, eng ko‘p g‘alabalar, bir mavsum davomidagi eng ko‘p zafar, eng tezkor aylanalar soni bo‘yicha rekordchi, 7 karra (5 marta ketma-ket) Formula-1 yo‘nalishi chempioni – Mixael Shumaxer.

Tecno

QxnU29WhrwUpiy8U_1

 

Ilk qadamlar

Mixael Shumaxer 1969 yil 3 yanvarda shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Xyurt-Xermyulxaym shahrida tavallud topgan. Bo‘lajak afsona poygaga ilk qadamlarini kartingdan boshlagan. Otasi Rolf yordamida yasagan karti bilan mahalliy trassada shug‘ullanib yurgan. Yoshligida sportning boshqa turlari, xususan dzyudoga qatnashgan. Poygaga o‘zida ulkan moyillik sezgan Mixael 14 yoshida birinchi litsenziyasini oladi va rasmiy musobaqalarda qatnasha boshlaydi. 1984-1987 yillar mobaynida u Germaniya va Evropa miqyosidagi turnirlar, jumladan “Formula Kyonig” musobaqasida g‘alaba qozonadi. 1990 yilda Germaniya “Formula-3”da chempionlikni qo‘lga kiritadi. Yaponiya “Formula-3000” turniri Shumaxer muvaffaqiyatlarining navbatdagi zinapoyasi bo‘ldi. “Mercedes Junior” loyihasi a’zosi sifatida jahon chempionatida qatnashib, 1990 yil Mexiko va 1991 yil “Autopolise” (Yaponiya) bosqichlarida g‘alaba qozongan.

konig_004

Debyut

1991 yil 10 ta poyga ortda qolganiga qaramasdan Eddi Jordan Shumaxerni o‘zining jamoasiga Belgiya gran-prisida ishtirok etish uchun taklif qiladi. U “Jordan” jamoasida Bertran Gasho bilan birga harakat qilishi lozim edi. Uning murabbiyi Villi Veber Jordanni shogirdining mahoratiga ishontira oldi. “Formula-1”dagi birinchi rasmiy musobaqa oldidan Shumaxerda bir martagina Silverstoun trassasida, kuchli yomg‘ir ostida mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati bor edi, xolos. Belgiyadagi Spa avtotrassasi unga begona emasdi. Mixaelning uyi ushbu avtodromga ancha yaqin bo‘lgani uchun unda katta muammo bo‘lmadi. Debyutdayoq Jordan-Ford kabi kuchsiz bolidda 7-pog‘onani band etib, barchani hayratda qoldirdi. Bu shunchaki kvalifikatsiya edi. Daslabki poyganing boshida Shumaxer darhol 5-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Ammo mashina muftasi birinchi aylanadayoq ishdan chiqdi. Shundan so‘ng, uni “Benetton” klubi o‘ziga chorladi. Direktor Flavio Briatore ushbu qarorni qabul qilishga shoshilmadi. Ammo kelgusi poygadayoq Mixaelni “Benetton”da ko‘rishdi.

screen_000_ARP1663969

“Benetton”

Birinchi poygasida Shumaxer jamoadoshi, uch karra jahon chempioni Nelson Pikedan keyin 5-pog‘onani band etdi. Qolgan to‘rt poyganing ikkitasida yosh poygachi jamoasiga ochko olib berishga muvaffaq bo‘ldi.
1992 yilda Shumaxer “Formula-1”da dastlabki g‘alabasini nishonladi. U o‘sha yilgi mavsumni “Reno” a’zosi Uilyams hamda musobaqaning tom ma’nodagi etakchisi Ayrton Sennadan so‘ng uchinchi o‘rinda yakunladi. Sariq kombinezon va tabassum Mixaelga dastlabki laqabni olib keldi – “quyoshli bolakay”.
1993 yilda ko‘prog‘iga qodir bo‘lishiga qaramay, Shumaxer bitta g‘alaba bilan mavsumni yakunlashga majbur bo‘ldi. Bunga sabab tabiiyki, mashina kuchsizligi. U mavsumni 4-pog‘onada yakunladi. Alen Prost, Ayrton Senna va Deymon Xill undan yuqorida. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, texnik muammo bo‘lmagan taqdirda, u yaxshiroq ko‘rsatkichga ega bo‘lishi mumkin edi. Misol uchun, Monako poygasida Shumaxer etakchilik qilayotgan edi. Eng muhim pallada bolid ishdan chiqqanligi sabab u Sennani oldinga o‘tkazib yubordi. Umuman, u finishgacha etib borgan har bir poygadan so‘ng podiumga ko‘tarildi: 1 ta g‘alaba, 5 ta ikkinchi va 3 ta uchinchi o‘rin.
1994 yilda Mixael birinchi bor chempionat g‘olibiga aylandi. Adelaidada bo‘lib o‘tgan so‘nggi poyga ko‘pchilik avtosport muxlislari yodida bo‘lsa kerak. Deymon Xill bilan to‘qnashib ketgan Shumaxer raqibi bilan birga poygadan chetlashtirilgan.
Bundan tashqari, Britaniya gran-prisida qora bayroqqa bo‘ysunmagan Shumaxer ikkita poygaga chetlatilgandi. Ammo u yakunda chempionlik shohsupasidan o‘rin oldi.
1995 yilda titulni himoya qildi. Bu gal asosiy raqibi Daymon Xilldan 33 ochkoga ilgarilab ketdi. 19 ta g‘alaba, 21 ta podiumga ko‘tarilish va yana ko‘plab ajoyib natijalari bilan Shumaxer hammaga kimligini ko‘rsatib qo‘ygandi. 1991 yildagi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatni inobatga olmasak, u 4 yil mobaynida atigi 2 marta poygani 4-pog‘onadan pastda yakunladi.

rueb22e161915

Ferrari

Shumaxer bilan shartnoma imzolangan 1995 yilda “Ferrari” klubining so‘nggi bor chempionlikka erishganiga 17 yil bo‘lgan edi. “Skuderiya” bolidlarida texnik jihatdan muammolar ko‘p edi. Bungacha jamoa mavsum davomida atigi bitta poygada g‘alaba qozonishga erishgan edi. Mixael esa dastlabki mavsumdayoq 3 ta poygada shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi. Mavsum yakunida umumiy natijalarga ko‘ra italyan klubi uchinchi o‘rinni egalladi. Uning xizmatlari jamoasida minnatdorlik hislarini uyg‘otdi va “Ferrari” o‘z poygachisini jahon chempioni qilishni oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
1997 yilda Shumaxer jahon chempioni bo‘lishiga bir qadam etmadi. Aniqrog‘i, mavsumning so‘nggi poygasida uni diskvalifikatsiya qilishdi va butun chempionatdan o‘chirib tashlashdi. 1998 yilda esa u shunchaki ajoyib formada edi. U bor kuchi bilan harakat qildi va hatto bir kuni mashg‘ulotlarda 160 aylanani bosib o‘tdi. Tayyorgarliklarni ham qo‘shib hisoblaganda germaniyalik afsona o‘sha yili 30 ming kilometrni bosdi.
Ammo o‘sha mavsum “Maklaren” bolidlari ancha mukammal mashina sanalardi. Shumaxer mavsum davomida ularga raqobat uyushtirgan yagona poygachi bo‘ldi. So‘nggi poygada Mike Xakkinenga imkoniyatni boy berib, 2-o‘rin bilan kifoyalandi.
1999 yilda u to‘qnashuv natijasida oyog‘ini shikastlab oladi. Shu tariqa, u 6 ta poygada jamoasiga yordam bera olmaydi. Biroq mavsum so‘ngida qaytib, “Konstruktorlar kubogi”ni yutib beradi.

Todt-Schumacher

2000 yil Shumaxer “Ferrari”ga 21 yil orziqib kutilgan chempionlikni olib beradi. Mavsumning 17-poygasidayoq uning hisobida 9 ta g‘alaba bor edi.
2001 yilda o‘zining 4-chempionligini ham qabul qilib oldi. 2002 yilda Gran-prilardagi g‘alabalar soni bo‘yicha Alen Prost rekordini ham yangilashga erishdi. Barcha poygalarni podiumda yakunladi. Shu bilan u chempionlik soni bo‘yicha Xuan Manuel Fanxioga tenglashib oladi. Kelgusi yildayoq Fanxio ortda qoldirildi. 2004 yil Shumaxer 18 poyganing 13 tasida g‘alaba qozonib, 7-titulini qo‘lga kiritdi. Ushbu rekord hanuzgacha betakrorligicha qolmoqda.
2005 yilda chempionlik boy berildi. Mavsum g‘olibi “Reno” a’zosi Fernando Alonso bo‘ldi. Ikkinchi pog‘onani “Maklaren” poygachisi Kime Raykonen egalladi. Shumaxer esa uchlikni yakunlab berdi.

unnamed_4

2006 yilda “Skuderiya” “Reno” bilan jiddiy kurashga kirishdi. Mavsum davomida intriga saqlanib turdi. Hammada bir savol: kim g‘olib bo‘ladi? Alonso yoki Shumaxer. Shu yilning 10 sentyabri tarixda qoldi. Sababi, aynan mana shu kunda 7 karra “Formula-1” chempioni Mixael Shumaxer faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng, u “Ferrari”da yordamchi murabbiy va maslahatchi bo‘lib ishlay boshladi. Bir muddat motosport bilan ham shug‘ullandi. 2009 yilning 29 iyul sanasida “Ferrari” Shumaxerning qaytishini e’lon qildi. Ammo motosportda orttirib olgan kutilmagan jarohati tufayli uning qaytishi 2010 yilga qoldirildi...

mikhajel-shumakher_14197759501902974293

So‘nggi yillar

2009 yilning so‘ngida Mixael Shumaxer “Mersedes” klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Ammo ushbu yillarda hamma bilgan “raketa” trassaga chiqib kelmas edi. U o‘zining eng baland parvozini amalga oshirib bo‘lgan edi.
2012 yil oxirida u ushbu mavsum yakunida faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Bu safar Shumaxer qat’iy va o‘zgartirib bo‘lmas qarorga kelgandi.
2013 yilda Shumaxer do‘stlari bilan Alp tog‘lariga chang‘i kurortiga boradi. Chang‘i trassasida muvozanatni yo‘qotgan Mixael boshi bilan toshga qattiq uriladi. Uni vertolyotda kasalxonaga olib borishadi. Bir necha yillar mobaynida uning ahvoli haqida etarli ma’lumotlar bo‘lmaydi. Ba’zi manbalar uning xotirasidan ayrilgani haqida yozadi.

xw_1491190

2018 yilda Shumaxer FIAprezidenti Jan Todt bilan Braziliya gran-prisini tribunadan kuzatib bordi. Shundan so‘nggina uning muxlislari engil tin oldi. Afsonaviy poygachining ahvoli joyida, hali u hayotdan olishi lozim bo‘lgan narsalar bor.

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

 

Retrosport. Takrorlanmas rekord sohibi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!