Qudratillo Abduqahhorov AQShda "Elite pro boxing" zalining eng mashhur vakili bilan sparring janglar o‘tkazdi

  • 9 dekabr, 2020, 11:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim o‘rta vazn (66.6 kg) toifasida faoliyat yuritib kelayotgan professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ayni vaqtda AQShda mashg‘ulotlarini davom ettirgan holda, navbatdagi jangiga hozirlik ko‘rmoqda. Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo‘lib turgan hamyurtimizning mashg‘ulotlar jarayoni va ehtimoliy jangi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Tecno

- AQShda juda mashhur boks klublari bor. Ehtimol, siz o‘shalardan birida tayyorgarlik ko‘rayotgandirsiz?

- Mashg‘ulotlarni "Elite pro boxing" zalida olib bormoqdaman. Albatta, bu zalning ham o‘ziga yarasha nufuzi bor.

ku1

-Avvalgi tashriflaringizda ham bu zalda bo‘lganmisiz?

- Keyta Obara bilan jangimga ham shu erda tayyorgarlik ko‘rgandim.

- Ushbu zalning eng mashhur vakili kim?

- To‘g‘risi, sparring uchun juda ko‘p yulduzlar tashrif buyuradi. Lekin rostmana shu dargohni tarbiyalanuvchilarini aytadigan bo‘lsak, ular orasida birinchi o‘rta (69.8 kg) vazn toifasi vakili Brendon Adams (22-3,14 KO) eng mashhuri sanaladi. 

- Balki, u bilan sparringni imkoni bo‘lgandir?

- U 3 dekabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazdi va nokaut bilan g‘alaba qozondi. Jangdan avval unga aynan, men sparring sherik bo‘lib, yordam berdim. 3 marotaba to‘rt raunddan ishladik. 

- Sparring qanday bo‘ldi? Har holda bir vazn yuqori toifadagi raqib, qolaversa ,u divizionda o‘z o‘rniga ega bokschi sanaladi. U bilan ishlash qiyin bo‘lmadimi?

- Yo‘q. Bunday vazndagi bokschilar bilan ko‘p ishlaganman. To‘g‘risi, hayron qoldirdi, deb ayta olmayman. Maqtanish niyatidan yiroqman. Shunchaki, undan ham kuchli bokschilar bilan ishlaganim uchun bu fikrni bildiryapman. O‘z o‘rnida u jangdan kelib, men bilan ishlagani maqul kelgani va juda katta foyda bo‘lganini aytib, minnatdorchilik bildirdi. 

Ku

- O‘zingizning jangingiz borasida biror yangilik ayta olasizmi?

- Hozircha biror aniq ma’lumot ayta olmayman. Biroq tez kunlarda yangilik bo‘lib qoladi. 

- Barcha boks muxlislari ham sizning jangingizni orziqib kutishmoqda va o‘z o‘rnida sizga ishonchlari ham yuqori...

- Buni his qilib turibman. Shu o‘rnida qo‘llab -quvatlayotgan va ishonch bildirayotgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Chiroyli g‘alabalar bilan ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman.

-Bu borada sizga omad tilaymiz!

- Rahmat!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!