"Andijon" Superligadagi ilk uy uchrashuvini qachon o‘tkazadi?

  • 2 aprel, 2019, 18:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor O‘zbekiston professional futbol ligasi yangi mavsum oldidan Superliga klublariga stadionlar holati masalasida jiddiy talablar qo‘ygan edi. Ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana kuchlilar safiga qaytgan “Andijon” jamoasi ham ushbu talabni bajarish uchun o‘zining uy stadioni hisoblangan “Sog‘lom avlod” o‘yingohini rekonstruktsiya qildi.

Tecno

Jumladan, maydon butunlay boshqa tayyorlandi. Stadionga Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidan gollandiya texnologiyasi asosida tayyorlangan maxsus chimlar olib kelib o‘rnatildi.

Stadionni tamirlash ishlariga shaxsan bosh bo‘layotgan Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov bugun Germaniyadan xizmat safaridan qaytdi va shu kunning o‘zida “Sog‘lom avlod” o‘yingohidagi ishlar bilan tanishdi. Stadionda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi 20 aprel kuni Superliganing 5-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Nasaf” uchrashuvi aynan “Sog‘lom avlod” stadionida o‘tkazilishini aytdi va unga qadar barcha ishlar nihoyasiga etkazilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Sog‘lom avlod” stadioniga yotqizilgan chim maydonga moslashib olishi uchun biroz vaqt talab etilishi sabab “Andijon” chempionatning dastlabki turlarini safarda o‘tkazishi ma’lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!