
Taxminimiz o‘zini oqladi yoxud MOQning yangi prezidentli Rustam Shoabdurahmonov bo‘ldi
Xabaringiz bor, ayni damda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan avvalroq, tashkilotning amaldagi prezidenti Umid Ahmadjonov iste’foga chiqqanini ma’lum qilgandik.
Yig‘ilishda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov qo‘mitaga yangi rahbar sifatida qilichbozlik federatsiyasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov nomzodini ilgari surdi. Yig‘ilganlar bir ovozdan ushbu nomzodiga ovoz berishdi va shu tariqa Rustam Shoabdurahmonov MOQning yangi prezidenti bo‘ldi.
Fikrlar