Bahodir Jalolov ham professional boksda faoliyatini davom ettiradi (video)
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hamda ”Uzbek Tigers” a’zosi Bahodir Jalolov endi faoliyatini professional ringda davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda bokschi o‘zining Instagram ijtimoiy tarmoq sahifasida ma’lum qilgan.
U professional ringdagi ilk jangini joriy yilning aprel oyida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Hozircha raqib kimligi ma’lum emas.
Bahodir Jalolov shu vaqtgacha terma jamoamiz safida Osiyo va jahon chempionatlari hamda Rio-2016 Olimpiadasida singari nufuzli turnirlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelgan.
U so‘nggi marta havaskorlar boksida 1 mart kuni “Uzbek Tigers” jamoasi safida o‘tkazib, +91 kg vazn toifasida “Colombia Heroicos” jamoasi a’zosi Kristian Salkedoni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
> Murodjon Ahmadaliev va Shahram G‘iyosov 10 mart kuni professional ringda debyut qiladi

Fikrlar