Besh nafar bokschimiz oltin medallar uchun ringga chiqadi

  • 27 aprel, 2018, 09:17
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Tailandda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatida final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning kunduzgi qarama-qarshiliklarida ikki nafar bokschimiz oltin medallar uchun ringga ko‘tariladi. 52 kg vazn toifasida Samandar Xolmurodov mezbonlar vakili Suktet Suravet bilan kuchi sinashsa, 56 g vaznda Abdumalik Xalokov filippinlik Kristian Laurent Pittni sinovdan o‘tkazadi.

Kechki final janglarida uch nafar bokschimiz ringga chiqadi.

81 kg: Temur Merjanov (O‘zbekiston) – Togambay Sagindik (Qozog‘iston)

-91 kg: Javohir Tog‘aymurodov (O‘zbekiston) – Aybek Oralbay (Qozog‘iston)

+91 kg: Jamshidbek Mahmadaliev (O‘zbekiston) – Damir Toibay (Qozog‘iston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!