Povetkin raqibini 5-raundda ringga qulatdi (video)

  • 1 aprel, 2018, 12:15
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin Kardiff shahrida o‘tgan jangda britaniyalik Devid Prays bilan kuch sinashdi.

Uchinchi raundda Prays raqibining zarbasidan so‘ng nokdaun holatiga tushib qoldi. Biroq beshinchi raundga kelib Povetkin britaniyalik bokschini ringga qulatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Shunday qilib, rossiyalik bokschi mintaqalararo WBO va WBA kamarlari sohibiga aylangan Povetkin faoliyatidagi 34-g‘alabasini nishonladi. Shulardan 24 tasi nokaut. U professional ringda birgina ukrainalik Vladimira Klichkoga mag‘lub bo‘lgan. Prays uchun bu mag‘lubiyat faoliyatidagi beshinchisi bo‘ldi. Uning hisobida 22 g‘alaba (18 nokaut) mavjud.

38 yoshli Povetkin endi super og‘ir vaznda boshqa bir britaniyalik bokschi Entoni Joshua egalik qilayotgan Butun boks assotsiatsiyasi (WBA) asosiy da’vogar hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!