
Shohjahon Ergashev chempionlik kamarini himoya qiladi, bo‘lajak raqib ham ma’lum bo‘ldi (foto)
Engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev joriy yilda WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor.
Ma’lum bo‘lishicha, Shohjahon navbatdagi jangini 19 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida o‘tkazadi. O‘sha kuni u ugandalik Juma Vasvaga qarshi jangda WBA International kamarini himoya qiladi.
37 yoshli bokschi bunga qadar professional boksda 13 ta jang o‘tkazgan va shularning faqatgina 10 tasida g‘alaba qozongan. Vasva ushbu g‘alabalarining 4 tasini raqibni texnik nokautga uchratish orqali qo‘lga kiritganini qayd etish joiz.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon shu kungacha professional ringda 13ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 12tasida esa u raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.
Fikrlar