
Shohjahon Ergashev: Men AQShga jo‘nab ketmoqdaman
Engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) Sports.uz internet portaliga xabar berishicha, joriy yilning 13 fevral kuni AQShning Detroyt shahriga jo‘nab ketadi.
“Men AQShga jo‘nab ketmoqdaman. U erda yangi jangimga tayyorgarlik ko‘raman. Umid qilamanki, tez orada navbatdagi raqibimni kim ekanligi oydinlashadi”, - deydi Shohjahon.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Shohjahon Jahon boks uyushmasi (WBA)ning reytingida 12-pog‘onaga ko‘tarilib olgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar