Murodjon Ahmadaliev oltin medalni qo‘lga kiritdi

  • 06.05.2017 14:47
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari bugun start oldi. Kunduzgi dasturlardan o‘rin olgan final bahslarini 56 kg vazn toifasidagi bokschilar boshlab berishdi.

Ushbu vazn toifasida birinchi raqamli bokschi sifatida qayd etilayotgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev xitoylik Jyavey Jang bilan oltin medal uchun kurash olib bordi.

To‘liq tashabbus bilan jang o‘tkazgan Murod Ahmadliev kutilganidek yakunda g‘alabani qo‘lga kiritdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).

SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.

SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!