Bokschimiz Sanjar Tursunov Boks bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi

  • 06.05.2017 19:02
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida medallar uchun kurashni chorak finalda tamomlagan bokschimiz Sanjar Tursunov Germaniyada o‘tadigan Boks bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun ringa ko‘tarildi.

91 kg vazn toifasida ikki yo‘llanmadan birini qo‘lga kiritish uchun hamyurtimiz eronlik Salar G‘olamiy bilan kuch sinashdi. Uch raund davom etgan ushbu jang Sanjar Tursunovning g‘alabasi bilan yakuniga etdi. Ushbu g‘alaba Sanjar Tursunovga shu yilning avgust oyida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Boks bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini berdi.

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).

SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.

SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!