Bugun besh nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi

  • 7 may, 2017, 05:54
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Bugun Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi final janglari o‘tkaziladi. Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan ushbu qit’a birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qilib kelmoqda.

Kecha to‘rt nafar bokschilarimiz final janglarida g‘alaba qozonib, oltin medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, bugun yana besh nafar bokschimiz oltin medallarga davogarlik qiladi.

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati bugungi o‘tkaziladigan final janglari

Kunduzgi dastur

Vazn toifasi: 49 kg. Jangning boshlanish vaqti: 14:30.

Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Gan-Erdene Gankxuyag (Mo‘g‘uliston)


Vazn toifasi: 52 kg. Jangning boshlanish vaqti: 15:15.

Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) – Inkyu Kim (Janubiy Koreya)


Vazn toifasi: 64 kg. Jangning boshlanish vaqti: 16:00.

Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)


Kechki dastur

Vazn toifasi: 69 kg. Jangning boshlanish vaqti: 18:30.

Shaxram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Ablayxon Jussupov (Qozog‘iston)


Vazn toifasi: +91 kg. Jangning boshlanish vaqti: 19:15

Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kamishbek Kunkababaev


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!