Legionerlarimiz. Salomovning jamoasi autsayderga mag‘lub bo‘ldi
Kecha Qozog‘iston Premer ligasida 7-tur doirasida qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Shavkat Salomov faoliyat olib boradigan “Atirau” klubi safarda “Aktobe”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 80-daqiqasida penaltidan kiritilgan yagona gol evaziga mezbonlar 3 ochkoga ega bo‘lishdi. Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘lim avvalida almashtirildi.
Qozog‘iston Premer ligasi. 7-tur
Aktobe – Atirau 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 78 Mamute.
Aktobe – Sidelnikov, Kakimov, Shurigin, Baytana, Kairov, Kassiano, Junino(Aslan 67), Ermachenko(Totay 46), Volivik, Jumagali, Mamute(Aytbaev 86).
Atirau – Pasechenko, Marov, Majitov, Obshivas, Dokich, Kalmuratov, Xayrullin, Maksimovich, Salomov(Kayraliev 46), Lobjanidze, Li(Dvalishvili 57).

Fikrlar