Fyuchers. Sabina ilk raunddayoq kurashdan chiqdi
Germaniyaning Darmashtadt shahrida ayollar o‘rtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir start oldi. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova ilk bosqichda avstraliyalik Juliya Graber bilan bahs olib bordi.
1 soat 9 daqiqa davom etgan o‘yinda, tennischimiz 2:6, 1:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi va yakkalik bahslaridagi yurishini yakunladi.
Endi u juftlik bahslarida rossiyalik Yana Sizikova bilan birgalikda kurashni davom ettiradi.

Fikrlar